O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

To‘qqiz bokschimiz Osiyo chempionati finaliga yo‘llanma oldi

2017-05-05 | Sport

Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining yarim final bahslari yakunlandi.

Chempionatning 52 kilogramm vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Jasurbek Latipov qozog‘istonlik Azamat Issaqulovni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, 56 kilogramm vazn toifasida qatnashayotgan Murodjon Ahmadaliyev Janubiy Koreya vakili Yon Xun Xanga qarshi ringga ko‘tarildi va ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratdi. 

81 kilogramm vaznda jang o‘tkazayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev xitoylik Xuan Jyabinga qarshi jangda muddatidan oldin zafar quchdi. Vazni 91 kilogrammdan ortiq bo‘lgan Bahodir Jalolov suriyalik Muhammad Mulayesni yengdi. 

Shuningdek, sportchilarimizdan Hasanboy Do‘smatov hindistonlik Amit, Iqboljon Xoldorov qozog‘istonlik Bekdavlat Ibragimov, Isroil Madrimov qozog‘istonlik Abilxon Amankul, Elnur Abduraimov xitoylik Jun Shan, Shahram G‘iyosov esa eronlik Sajjad Kozimzodaposhtiriy ustidan g‘alaba qozondi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA

Manba: O'zA

Поделиться