O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xabarnoma
2017-05-03 | Jamiyat
“Toshkent” seysmostansiyasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2017 yilning 3 may kuni soat 09:47da respublikamizning ayrim hududlarida zilzila qayd etilgan.
Zilzilaning epitsentri Toshkent shahrining janubiy-sharqiy yo‘nalishida 295 km uzoqlikda Tojikiston Respublikasi hududiga to‘g‘ri keladi. Epitsentrda qayd etilgan zilzila magnitudasi M=6,0 ni tashkil etdi.
Respublika hududida seysmik faollik Farg‘onada 4,5 ball, Andijonda 4 ball, Toshkentda 3,5-4 ballni tashkil etgan.
Zilzila oqibatida jabrlanish va talofatlar kuzatilmadi.