O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Avtobuslarda yo'l haqi endi, elektron to'lov shaklida

2017-05-02 | Jamiyat

Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi avtomobil transporti tizimida xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 yanvardagi “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Andijon shahridagi mavjud 14 ta yo‘nalishda harakatlanuvchi 150 ta avtobusda yo‘l haqini elektron transport to‘lov kartochkalar orqali to‘lash joriy etilgani yo‘lovchilar uchun katta qulaylik bo‘ldi.

Yangi loyiha asosida ishlovchi avtobuslarga eng tajribali haydovchilar tanlab olindi. Kasb-hunar kollejlarini tamomlayotgan 150 nafar bitiruvchi amaliyot davrida tayyorgarlik ko‘rib, chiptachi vazifasida ish boshladi. Har bir to‘lov to‘g‘ridan to‘g‘ri xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning hisob raqamiga tushadi.

-Respublikamizda birinchi bor Andijonda bu tartib yo‘lga qo‘yildi,-deydi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bo‘lim boshlig‘i Abdurashid To‘laganov.-Yo‘l haqini naqd pulsiz amalga oshirilishi qator qulayliklarni yaratdi. Yo‘lovchi dastlab avtobekat yoki bank muassasalaridan 15 ming so‘mga kartochka sotib oladi. Keyinchalik o‘zining bank plastik kartochkasidan onlayin tartibida unga pul tushirib boradi. Undan ikki yil muddatda respublika bo‘yicha xizmat ko‘rsatayotgan avtobuslarda foydalaniladi. Eng muhimi, bitta kartochkadan butun oila a’zolari foydalanishi mumkin. Yo‘l haqi shahar yo‘nalishlarida bir xil belgilangan.

Kartochkadan foydalanish tartibi juda oddiy. Chiptachi kartani terminalga (validator) tekkazib pul mablag‘ini yechadi. To‘lov amalga oshirilganini tasdiqlash maqsadida sana. vaqt, yo‘nalish nomi, avtobus va karta raqami hamda qolgan mablag‘ haqida hisobotlar qayd etilgan chipta(chek) beriladi. Busiz yo‘l haqi to‘lanmagan hisoblanadi.

Andijon shahri ko‘chalarida barpo etilayotgan zamonaviy oynavand bekatlarda avtobuslarning oraliq masofasini masofadan onlayin rejimida (GPS) doimiy kuzatib borish imkoniyati yaratilgani ham quvonarli. Maxsus monitor orqali kutayotgan avtobusingizni qayerda kelayotgani va bekatga yetib kelish vaqtini bilish mumkin. Bu o‘z o‘zidan vaqtingizni tejaydi.

Yaratilgan qulaylik haydovchini chalg‘imay, erkin harakatlanish imkonini berdi. Chunki yo‘lovchilar bilan faqat chiptachi ishlaydi. Bu ayni vaqtda xavfsizlikni ham oshiradi.

Viloyatimiz markazida qo‘llanilayotgan zamonaviy xizmat kelgusida qishloqlarda xizmat ko‘rsatuvchi avtobuslarda ham qo‘llanilishi ko‘zda tutilmoqda.

Поделиться