O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Markaziy Osiyo + Yaponiya” Muloqotining vazirlar darajasidagi uchrashuviga doir
2017-05-01 | Siyosat
2017-yilning 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Ashxobod shahrida “Markaziy Osiyo + Yaponiya” Muloqoti ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining oltinchi kengashi ishida ishtirok etdi.
Forumda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Yaponiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Savdo va investitsiya sohalarida, jumladan qishloq xo‘jaligi, transport infratuzilmasi va logistika tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi mintaqaviy hamkorlikni jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitni muhofaza qilish va madaniy-gumanitar hamkorlikka oid masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Olti davlat TIV rahbarlari mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va xalqaro maydonda hamkorlik qilish masalalari yuzasidan ham fikr almashishdi.
Kengash yakunlariga ko‘ra Qo‘shma bayonot hamda transport va logistika sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi “Yo‘l xaritasi” qabul qilindi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi