O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mahorat va izlanish sabog‘i

2017-05-01 | Madaniyat

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida "San’at g‘unchalari" XIX respublika ijodiy tanlovi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari M.Hojimatov, "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi S.Inomova, Bastakorlar uyushmasi raisi R.Abdullayev va boshqalar mamlakatimizda o‘g‘il-qizlarning musiqiy didi va tafakkurini yuksaltirishda tanlovlar, san’at bayramlari va festivallarning o‘rni katta ekanligini ta’kidladi. Mazkur loyihalarda muvaffaqiyatli qatnashayotgan yosh musiqachilarimiz xalqaro miqyosdagi ijodiy tanlovlarda sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lmoqda. 

"San’at g‘unchalari" ijodiy tanlovi zarbli va damli cholg‘u asboblarida ijro sirlarini o‘rganayotgan yosh musiqachilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularni yanada ko‘proq izlanishga undash, yangidan-yangi iste’dodlarni kashf etishdek maqsadlarga yo‘naltirilgan. Unda mamlakatimizdagi bolalar musiqa va san’at maktablari hamda ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseylarining 5-9-sinf o‘quvchilari o‘z mahoratini namoyish etdi. 

Tanlov doirasida konsertlar, bolalar rasmlari ko‘rgazmasi, diqqatga sazovor maskanlarga sayohatlar, mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. 

Sharifjon Tohirjonov Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 17-bolalar musiqa va san’at maktabida baraban, marimba ijrochiligini o‘rganmoqda. 

– Ushbu tanlov uchun F.Olimovning "Shodiyona" hamda N.Rimskiy-Korsakovning "Ari parvozi" nomli asarlarini tayyorlab keldim, – deydi Sh.Tohirjonov. – Bu tanlov ijro mahoratimizni oshirish, sahna madaniyati, musiqaga doir bilimlarimizni yanada boyitish, tengqurlarimiz ijodi bilan tanishishda qulay imkoniyat bo‘ldi. 

Tanlovning 22 ishtirokchisi yosh toifasi va musiqa asboblari turi ijrosi tasnifida birinchi o‘ringa munosib topildi. G‘oliblarga diplom va sovg‘alar topshirildi. 

 
Nazokat Usmonova, O‘zA

Поделиться