O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident e’tiboridagi bolalar

2017-05-01 | Jamiyat

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida Samarqand viloyatida ham “Prezident e’tibori – muruvvat tadbirlarida” shiori ostida nikoh va sunnat to‘ylari o‘kazilmoqda.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Samarqand viloyati hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida Payariqda Payariq va Qo‘shrabot tumanlaridan 22 bolaning sunnat to‘yi tantanali nishonlandi. 

Viloyat va tuman hokimligi, “Nuroniy” jamg‘armasi vakillari to‘y bolalar va ularning ota-onalarini tabriklab, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida xalq bilan muloqot qilish va inson manfaatlarini ta’minlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Mazkur to‘y marosimlari ham ana shu muloqotlar natijasi sifatida aholining xohish-istaklari inobatga olingan holda bevosita davlatimiz rahbarining e’tibori bilan tashkil etilmoqda. 

– Butun mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan bu to‘ylar xalqimizga xos bag‘rikenglik va saxovatpeshalikning yorqin ifodasi bo‘lib, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, – deydi Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Mahmud Boboyorov. – Ushbu loyiha doirasida viloyatimizda 163 bolaning sunnat to‘yi, 19 juft kelin-kuyovning nikoh to‘yi yuksak saviyada, keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazilmoqda. Hokimliklar, jamoat tashkilotlari yordamida to‘y bolalar va kelin-kuyovlar istiqomat qilayotgan xonadonlar ta’mirlanayotir. Kelin-kuyovlarning bandligi masalasiga e’tibor qaratilib, ularni ish bilan ta’minlash choralari ko‘rilyapti. 

To‘kin dasturxon atrofida o‘tirgan to‘y bolalarning har biriga Xalq bankida ular nomiga 1 million so‘mdan pul mablag‘i qo‘yilib ochilgan jamg‘arma omonat daftarchasi, kitoblar va boshqa esdalik sovg‘alari topshirildi. Taniqli san’atkorlar ijrosida kuy-qo‘shiqlar yangradi. 

– Bugun ikki nabiramning to‘yi katta tantana qilinmoqda, – deydi Qo‘shrabot tumani Kanda qishlog‘ida yashovchi Xayrulla Ahmedov. – Buning uchun Prezidentimizdan behad minnatdormiz. Farzandlarimiz kelajagini o‘ylab ochilgan omonat daftarchasidagi mablag‘lar ularning nikoh to‘ylariga xizmat qilsin. 

Tadbirda Samarqand viloyati hokimi H.Oqbo‘tayev so‘zga chiqdi. 

 
G‘olib Hasanov, O‘zA

Поделиться