O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkmaniston TIV rahbari bilan uchrashuv
2017-05-01 | Siyosat
2017-yilning 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ashxobod shahrida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomon munosabatlarining dolzarb masalalari, o‘z ishini boshlayotgan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” Muloqoti ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining oltinchi kengashi kun tartibi, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdilar.