O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qonunchilik palatasida Falastin tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2017-04-27 | Siyosat
26 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Falastin tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari M.Shamiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi A. Jalilov martabali mehmonni vatanimizga tashrifi bilan qutlar ekan, bugungi kunda mamlakatimizning xalqaro hamjamiyat bilan aloqalari sifat jixatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani va yagona yaxlit hujjat 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilayotganligini ta’kidladi. Ushbu hujjatda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar alohida belgilangan. Ushbu tashrif ham mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni, shu jumladan parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishdan xar ikkala tarafning manfaatdor ekanligining yorqin namoyonidir.
Tashrif chog‘ida mehmonlarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasining tuzilishi, undagi siyosiy partiyalar va O‘zbekiston ekologik xarakati, Qo‘mitalar va xorijiy parlamentlar bilan xamkorlik qilish doirasida tashkil etilgan do‘stlik guruhlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Falastin tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari M.Shamiya, samimiy qabul uchun o‘z minnatdorligini bildirib, mamlakatlar o‘rtasida ta’lim, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda ikki taraflama hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini aytib o‘tdi. Mehmon O‘zbekiston va Falastinning Islom xamkorlik tashkiloti doirasidagi aloqalariga alohida to‘htaldi.
So‘zining oxirida M.Shamiya mamlakatimizning parlament delegatsiyasini Falastinga tashrif buyurishga, hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashni va parlamentlararo do‘stlik guruhini tashkil etishni taklif etdi.