O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Prezidenti AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondonini qabul qildi
2017-04-26 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-aprel kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni, general Jozef Leonard Votelni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama o‘zaro manfaatli va serqirra hamkorlik, jumladan, harbiy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat va ushbu mamlakatda tinchlikka erishish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Jozef Votel O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirdi, Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston – Amerika munosabatlarini izchil rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettirishga tayyor ekanini qayd etdi.