O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2017-04-26 | Siyosat
2017-yilning 26-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashdi.
Vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning sakkizinchi raundi doirasida tashqi siyosat idoralari rahbarlari 2016-yil 17-18-noyabr kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga qaratilgan siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, harbiy-texnikaviy madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomon munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar.
Bo‘lib o‘tgan batafsil fikr almashinuvi o‘zaro maqbul sohalardagi O‘zbekiston-Turkiya muloqotini yanada rivojlantirish uchun tomonlarda ulkan salohiyat va qiziqish mavjudligi tasdiqlandi. Ko‘rib chiqilgan deyarli barcha masalalar yuzasidan pozitsiyalar o‘xshash va muvofiqligi qayd etildi.
Uchrashuvda dolzarb xalqaro masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunlariga ko‘ra vazirlar tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2017-2018-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzolashdi va O‘zbekiston va xorijiy OAV vakillari uchun bayonot berishdi.
Tadbirlarda Turkiya Elchisi Ahmet Bashar Sheen ishtirok etdi.
Anvar Ilyosov olgan surat