O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni bilan uchrashuv
2017-04-26 | Siyosat
2017-yilning 25-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Jozef Leonard Votel bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Mudofaa vaziri Qobul Berdiyev va general Jozef L.Votel O‘zbekiston-AQSh kun tartibi nuqtayi nazaridan hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar, qator xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdilar.
Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda AQSh Elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.
Shahriyor Turg'unboyev olgan surat