O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat raqobat qo'mitasi raisi yangi lavozimga tayinlandi
2017-04-20 | Jamiyat
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 apreldagi PF-5013-son Farmoniga muvofiq, Davron Abdulpattaxovich Xidoyatov boshqa ishga o'tgani munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.
Respublika iqtisodiyotning muhim bo'g'imlarida orttirgan tajribasidan kelib chiqqan holda hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahri Chilonzor tumaniga qilgan tashrifi davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Davron Xidoyatov Toshkent shahrining Chilonzor tumaniga xokim etib tayinlandi.