O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

2017-04-19 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi, xususan o‘quv jarayonining davlat ta’lim standartlari asosida tashkil etilishi, o‘quvchilar davomati ta’minlanishi hamda moddiy-texnika bazasidan samarali va oqilona foydalanilishi ahvolini o‘rganish natijalari hamda bu borada Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Tadbirda innovatsion usullarni joriy qilish orqali ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar davomatini yaxshilash, ularni zamonaviy darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash, moddiy-texnika bazasidan oqilona va samarali foydalanish, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash zarurligi qayd qilindi.

Muhokama etilgan masala bo‘yicha komissiya a’zosi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari U.Salimovning hisoboti tinglandi.

Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.03.2017 yildagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833-sonli Qarori talablaridan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida idoralararo komissiya faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan qarorlar qabul qilindi.

Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha 
respublika idoralararo komissiyasi

 

Поделиться