O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Gimnastikachilarimiz shohsupada
2017-04-19 | Sport
Poytaxtimizda badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilayotgan "Happy saravan – 2017" xalqaro turnirining dastlabki g‘olib va sovrindorlari nomi aniqlandi.
Nufuzli turnirning birinchi kunida gimnastikachilar jamoaviy ko‘p kurash bo‘yicha g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Diyora Burxonxo‘jayeva xalqada 15.05 ball, Taxmina Ikromova to‘pda 15.15 ball, bulavada 14.35 ball, Sevinch Turdiyeva tasmada 14.15 ball to‘pladi. Shu tariqa 58.7 ball to‘plagan terma jamoamiz shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.