O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Lavozimga birinchi marta tayinlangan yuridik xizmat xodimlari adliya organlarida stajirovkadan o‘tadi

2017-04-17 | Jamiyat

Давлат органлари ва ташкилотлари юридик хизмати ходими лавозимига биринчи марта тайинланган шахсларнинг адлия органларида стажировкадан ўтиши тартиби тўғрисидаги Низом (рўйхат рақами 2862, 2017 йил 28 февраль) тасдиқланди.

Endilikda esa yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslar o‘z kasbiy bilimlari, o‘quv va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va shakllantirish, shuningdek ishning o‘ziga xosligi, tayinlanayotgan lavozimi bo‘yicha funktsional vazifalarini sifatli bajarishi uchun ilg‘or tajribani egallab olishini ta’minlash maqsadida belgilangan tartibda adliya organlarida ikki haftalik muddatda stajirovkadan o‘tadi.
 
Bunda albatta stajirovka Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yuridik xizmati xodimlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida, hududiy davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek tumanlar va shaharlar hokimliklari yuridik xizmati xodimlari uchun — tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida o‘taladi.

Поделиться