O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda zamonaviy avtoturargohlar quriladi
2017-04-15 | Jamiyat
Toshkent shahar hokimligida tashkil etilgan navbatdagi brefing Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrining tumanlari hududida avtomototransport vositalarini saqlash joylarini tartibga keltirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qaroriga muvofiq tashkil etildi.
Unda Toshkent shahrining tuman, mavze, dahalar hududida shaharsozlik va sanitar talablariga, yong'in havfsizligi talablariga hamda aholi havfsizligiga javob bermaydigan tartibsiz joylashtirilgan temir beton garajlar mavjudligi, qolaversa ushbu temir beton garajlar tuman, mavze, dahalar hududida ko'p qavatli turar-joy binolarining ichki qismida joylashgan bo'lib, aholi tomonidan boshqa maqsadlarda ham foydalanib kelinmoqda. Bunda turli xil buyumlarni saqlash, ikkilamchi qog'oz va elim mahsulotlarini yig'ish shahobchalari, o'zboshimchalik bilan turar-joy sifatida foydalanilishi sababli ushbu temir beton garajlar atrofida maishiy chiqindilar to'planishiga, turli xil jinoyatlar sodir etilishiga, tez tibbiy yordam va yong'in havfsizligi hamda ichki ishlar maxsus avtomototransport vositalari belgilangan manzillarga kelishiga noqulayliklar tug'dirmoqda.
Avtomototransport vositalarining kundan kunga ortib borishi va ularni vaqtinchalik saqlash joylari etishmasligi natijasida avtomototransport vositalari egalari tomonidan Toshkent shahrining tuman, mavze, dahalar hududida avtomototranstport vositalarini belgilanmagan joylarda ya'ni turar-joy mavzelari ichida, ko'p qavatli turar-joylar oldida qoldirish holatlari ko'paymoqda. Shu bilan birga, qarovsiz qoldirilgan avtomototransport vositalarini tunash bilan bog'liq jinoyatlar sodir etilmoqda.
Jumladan hozirgi kunda tuman, mavze, dahalar hududida shaharsozlik va sanitar talablariga, yong'in havfsizligi talablariga hamda aholi havfsizligiga javob bermaydigan tartibsiz joylashtiriligan temir beton garajlar 25,63 gektarli er maydonlarini egallagan bo'lib, 8470 dona avtomobillarni joylashtirish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari yuridik shaxslar tomonidan jami 69,16 gektarli er maydonlari egallangan bo'lib, sig'imi 27413 dona avtomobillarni joylashtirish imkoniyatiga ega. Lekin ushbu avtoturargoxlarda yuqorida ko'rsatib o'tilgan talablarga javob bermasdan hamda boshqa maqsadlarda ham foydalanish holatlari kuzatilmoqda.
Shuningdek, Toshkent shahrining tuman, mavze, dahalar hududida, markaziy shoh ko'chalari bo'yida joylashgan to'yxona hamda savdo va maishiy xizmat ko'rsatish majmualarining ba'zilarida avtoturargohlar etarlicha bo'lmaganligi hamda fuqarolar tomonidan avtomototransport vositalarini yo'l yoqa qismiga va belgilanmagan joylarda qoldirilishi sababli yo'l qatnov qismida tirbandliklar vujudga kelib transport vositalarini xarakatlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining ma'lumotlariga ko'ra Toshkent shahrida 2014 yil 31 dekabr holatiga avtomototransport vositalari soni 2017 yil 1 mart holatiga ko'ra 19 foizga ortganini ko'zatishimiz mumkin.
Shu boisdan tuman mavze, daxalar hududida shaharsozlik qoidalari va sanitar me'yorlari talablariga javob bermaydigan va yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan ochiq turdagi hamda temir beton garajlarni buzilishi hisobiga ularning o'rnida zamonaviy shaxarsozlik norma va qoidalariga mos ravishda 2, 3 va 6-qavatli hamda kichik ochiq turdagi avtoturargohlar qurilishi rejalashtirilgan. Bunda dastlabki loyiha hujjatlariga muvofiq, rejalashtirilayotgan 2 qavatli avtoturargohda 80 ta sig'imli, 3 qavatli avtoturargohda 144 ta sig'imli hamda 6 qavatli avtoturargohlarda 480 va 532 ta sig'imli engil avtomototransport vositalari joylashtirilishi belgilangan.
Toshkent shahar hokimligining tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda ushbu yuqorida qayd etilgan zamonaviy shaharsozlik me'yor va qoidalariga mos ravishda barpo etiladigan ko'p qavatli avtoturargoxlarni qurilishi bo'yicha tadbirkorlarning talab va takliflarini inobatga olib, shaharsozlik qoidalari va sanitar me'yorlari talablariga javob bermaydigan va yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan temir beton garajlarni buzilishi hisobiga ularning o'rnida zamonaviy halqaro standart va talablarga mos ravishda pastki qavatida savdo va maishiy xizmat ko'rsatish majmuasi joylashgan ko'p qavatli avtoturargoxlar qurish yuzasidan Toshkent shahar hokimining qarori loyihasi tayyorlangan bo'lib, aholi tomonidan muhokama qilish uchun regulation.gov.uz portaliga joylashtirilgan.