O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro press-klub sessiyasiga doir
2017-04-14 | Siyosat
2017-yilning 14-aprel kuni Toshkent shahrida Xalqaro press-klubning “O‘zbekiston tashqi siyosatining yangi bosqichdagi dolzarb masalalari” mavzusida navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov so‘zga chiqdilar.
Tadbirda xorijiy davlatlarning O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiyalari, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tuzilmalar vakolatxonalari, shuningdek qator vazirlik va idoralar, mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.