O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda

2017-04-12 | Iqtisodiyot

Milliy matbuot markazida “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2016-yilda amalga oshirilgan investitsiya loyihalari va past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari R.Rayimov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida elektr energiyasini ishlab chiqarish tizimini isloh qilish jarayonida sohaga tashqi investitsiyalarni keng jalb qilish va energetika tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy va iqtisodiy asos yaratilganini ta’kidladi. 

Jamiyat tomonidan energiya ishlab chiqarish quvvatlari va elektr tarmoqlarini rekonstruksiya hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq qilinmoqda. Soha mutaxassislari tomonidan asosiy e’tibor ishlab chiqarish kuchlarining imkoniyatlarini yanada oshirish, ko‘p energiya sarflaydigan, ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni texnologik jihatdan zamonaviy, energiya tejamkor elektr uskunalariga almashtirishga qaratilgan. 

Birinchi Prezidentimizning 2015-yil 4-martdagi “2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni taminlash chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi farmoni va Vazirlar Mahkamasining qator qarorlariga muvofiq 2021-yilga qadar 52 investitsiya loyihasi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. 

2016-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga asosan 5 yirik obyekt foydalanishga topshirildi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 23-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq energetika tizimidagi obyektlarni modernizatsiya qilish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda. 

Mazkur investitsiya dasturiga muvofiq 2017-yilda 29 yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilishi mo‘ljallangan bo‘lib, shu vaqtgacha 2 loyiha bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlandi. Jumladan, Qandim gazni qayta ishlash zavodini tashqi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 90 kilometr masofadagi 220 kVli havo liniyasi quriladi. “Elektr energiya iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashgan tizimi joriy qilinib, Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 0,4 kV iste’molchilarni hisobga olish tizimi” dasturi bo‘yicha 1 millondan ortiq hisoblash nuqtasi ishga tushirilish arafasida. 

Mamlakatimizda elektr tarmoqlarining faoliyati darajasi va sifatini yanada oshirish, mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida past kuchlanishli elektr tarmoqlarining joriy holati tahlil qilinib, 2017-2021-yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish hisobiga shahar va qishloqlar aholisining elektr energiyasidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilingan. 

– Davlatimiz rahbarining 2016-yil 23-noyabrdagi “2017-2021-yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 34 ming kilometrdan ortiq 0,4-6-10 kV elektr tarmoqlari hamda 6 ming 930 dan ortiq transformator punktlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan, – deydi “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati «Past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish» loyihasini boshqarish guruhi rahbari Feruz Qurbonov. – Buning uchun qariyb 836 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, mamlakatimizdagi 2 ming 272 ta mahallada 2 million 479 ming iste’molchining elektr energiya ta’minoti yanada yaxshilanadi, texnologik yo‘qotishlarni 669,61 millon kVt soatga, yillik ekspluatatsiya xarajatlarini 2015-yilga nisbatan 15,3 foizga qisqartirishga erishiladi. 

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob qaytardi. 

 
Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Поделиться