O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiyadan Samarqandga

2017-04-12 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Yaponiya xalqaro turistik assotsiatsiyasi hamkorligida kunchiqar mamlakat fuqarolarining charter parvozlar orqali yurtimizga sayohati yo‘lga qo‘yildi.

Aprel-oktabr oylarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan mazkur sayohatlar davomida 2500 ga yaqin yaponiyaliklar bir hafta davomida Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent shaharlarida bo‘lib, yurtimizdagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, milliy an’ana va qadriyatlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

O‘tgan hafta ushbu loyiha doirasida Yaponiyadan Samarqandga birinchi charter reys amalga oshirildi. Sayyohlar Samarqand xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Marosimda Samarqand shahar hokimi Vohid Rahimov, Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito ishtirok etdi. 

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda mazkur tarmoqning iqtisodiyotdagi rolini oshirishga xizmat qilmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Suvonov. – Yaponiyalik hamkasblar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyiha buning yorqin ifodasidir. O‘tgan yili kunchiqar yurtdan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali 1000 ga yaqin sayyoh tashrif buyurgan edi. Joriy yilda bu ko‘rsatkich ikki yarim barobar oshishi kutilmoqda. 

Mehmonlar Samarqanddagi qadimiy obidalar, muqaddas qadamjolar, so‘lim bog‘ va xiyobonlarni tomosha qildi. Samarqand shahridagi Hunarmandlar markazi, Registon maydonida namoyish etilgan milliy hunarmandlik mahsulotlari ko‘rgazmasi, folklor jamoalari chiqishlari va boshqa madaniy dasturlar sayyohlarga bir olam zavq bag‘ishladi. Turli milliy taomlar, Samarqand nonlari va boshqa noz-ne’matlardan bahramand bo‘ldi. 

– Kishiga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydigan bahor kunlarida serquyosh O‘zbekiston zaminida bo‘lib turganimizdan juda xursandmiz, – deydi Kyoko Ikida. – Yurtingiz tabiati, musaffo havosi insonga huzur bag‘ishlar ekan. Odamlarning samimiy va mehmondo‘stligi har qancha tahsinga munosib. Boy tarixga ega Samarqand shahri bizga juda yoqdi. Bu yerdagi har bir obida o‘tmishning ma’lum bir davrlari haqida hikoya qiladi. Sayohatimiz taassurotlarga boy va hayajonli bo‘ldi. 

Aprel oyida Yaponiyadan Samarqandga yana ikkita shunday parvoz rejalashtirilgan. 

 
G‘olib Hasanov, O‘zA

Поделиться