O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro press-klub ish boshladi

2017-04-10 | Jamiyat

Poytaxtimizda mamlakatimizda birinchi bor tashkil etilgan Xalqaro press-klubning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda parlament a’zolari, vazirlik va idoralar, nodavlat va jamoat tashkilotlari rahbar va mutaxassislari, olimlar, mamlakatimizdagi xalqaro tashkilotlar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Rasmiy marosimdan avval Xalqaro press-klub Jamoatchilik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalqaro press-klub raisini saylash, tashkilot ramzini tasdiqlash va boshqa masalalar muhokama qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari, Xalqaro press-klub Jamoatchilik kengashi raisi S.Safoyev va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda islohotlar samaradorligini oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama uyg‘un, jadal rivojlantirish, barcha sohani modernizatsiya qilish va erkinlashtirish, xalq bilan muloqotni izchil yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Ushbu press-klub O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar, islohotlar ko‘lamini tezkor va sifatli yoritishda interfaol maydonga aylanib, ijtimoiy muloqotni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. 

– Xalqaro press-klub nodavlat notijorat tashkiloti sifatida tashkil etildi. Mamlakatimiz axborot makonini yanada rivojlantirish, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida obyektiv ma’lumotlarni xalqaro jamoatchilikka keng yetkazishni maqsad qilib qo‘yganmiz, – deydi Xalqaro press-klub raisi Sherzod Qudratxo‘jayev. – Ushbu media maydonda davlat boshqaruvi organlari, ekspertlik jamiyatlari vakillari, xorijlik va mahalliy mutaxassislar bilan ommaviy axborot vositalari ishtirokida ochiq muloqotlar, uchrashuvlar tashkil etish mo‘ljallanmoqda. Bu davlat hokimiyatining ochiqligini, o‘zaro cheklovlar va muvozanat tizimi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ustidan jamoatchilik nazoratini mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Xalqaro press-klubda Xalq qabulxonalari faoliyati natijalari, O‘zbekiston ichki va tashqi siyosati, inson huquqlari himoyasi, Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi, yangidan qabul qilinayotgan qonun va qonunosti hujjatlarining muhokamasiga bag‘ishlangan yangi formatdagi tok-shou, bahs-munozaralar, matbuot anjumanlari tashkil qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, yosh jurnalistlar uchun mahorat darslari, treninglar, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan xorijiy delegatsiyalar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va rasmiy doira vakillari ishtirokida media uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. 

Press-klubning yana bir jihati, mansabdor shaxslarning hisobotlarini tinglash emas, balki ishtirokchilar interfaol maydonda ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va jurnalistlarning takliflari bilan tanishish, o‘zaro fikr almashish imkoniga ega bo‘ladi. 

Tadbirda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi. 

 
Dilshod Karimov, O‘zA

Поделиться