O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kommunal xizmat sifati oshadi

2017-04-06 | Jamiyat

Toshkent shahar hokimligida “Suvsoz” davlat unitar korxonasi, Toshkent shahar hokimligining hududiy kommunal foydalanish birlashmasi hamda «Toshissiqquvvati» ishlab chiqarish birlashmasi unitar korxonasi hamkorligida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida inson manfaatlarini ta’minlashdek ezgu maqsad mujassam. Kommunal soha har bir fuqaroga daxldor bo‘lgan muhim masalalarni o‘z ichiga oladi. Bu borada hayotga tatbiq etilayotgan tub o‘zgarishlar, birinchi navbatda, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va xalqimiz turmush farovonligini oshirishga qaratilgan. 

Toshkent shahri suv va kanalizatsiya tizimlari rivojlangan shaharlardan biridir. Bugungi kunda poytaxt aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 99 foizni, oqova suv tarmoqlariga ulanganlik darajasi 90 foizni tashkil etadi. 

“2017-2021-yillarda Toshkent shahrining ichimlik va oqova suv tizimi obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish” bo‘yicha dastur shakllantirilgan. 

Matbuot anjumanida aholi uchun qulay yashash va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, yo‘l va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, elektr va issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. 

– Tashkilotimiz tomonidan 2016-yilda ko‘p qavatli uy-joy fondidagi 4 ming 280 ko‘p qavatli uyning tom qismi mukammal ta’mirlandi, – deydi Toshkent shahar hokimligining hududiy kommunal foydalanish birlashmasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Oybek Bekmirzayev. – Shuningdek, 5 ming 591 ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismida hamda 8 ming 958 kirish yo‘lagida ta’mirlash ishlari bajarilib, 490 yangi bolalar maydonchasi barpo etildi. 1 ming 181 bolalar maydonchasi, 1 ming 678 ko‘p qavatli uyning oldi qismidagi yo‘laklar ta’mirlandi. Shu bilan birga 4 ming 914 videokuzatuv kamerasi o‘rnatildi. 

Joriy yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilingani munosabati bilan sohadagi mavjud muammolarni ijobiy hal qilish maqsadida barcha kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarida va 11 tumanda 73 “Fuqarolar qabulxonasi” tashkil qilindi. 

– Aholiga sifatli va xavfsiz issiqlik energiyasini yetkazib bermoqdamiz, – deydi «Toshissiqquvvati» ishlab chiqarish birlashmasi unitar korxonasi bosh direktori Bahrom Qurbonbekov. – 9 yirik issiqlik markazi va 200 mahalliy qozonxonada ishlab chiqarilayotgan issiqlik energiyasi issiqlik tarmoqlari orqali iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berilmoqda. Buning samarasida 9 ming 200 dan ortiq turar joy, 485 umumta’lim maktabi, 586 davolash, 644 maktabgacha ta’lim va 659 oliy hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasasi, 1 ming 640 dan ortiq boshqa obyektlar issiqlik bilan ta’minlanmoqda. Aholiga yanada samarali xizmat ko‘rsatish maqsadida yirik loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 

Soha mutaxassislari tomonidan 2017-yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. 

 
Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Manba: O'zA

Поделиться