O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ellikdan ortiq hujjat imzolandi

2017-04-05 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi.  

Oliy darajadagi muzokaralarda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari belgilab olindi. Prezidentimizning tarixiy ahamiyat kasb etgan ushbu davlat tashrifi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Qo‘shma bayonotni imzoladilar. O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarini izchil rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo bitimlar va boshqa qator hujjatlar imzolandi. 

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar yakunlari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdi. Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin muzokaralar ochiqlik, o‘zaro ishonch va amaliy ruhda o‘tganini ta’kidladilar. Tashrif asnosida erishilgan 50 dan ortiq kelishuvlar, imzolangan hujjatlar O‘zbekiston va Rossiya taraqqiyotiga, ikki mamlakat xalqlarining farovonligini yanada yuksaltirishga, davlatlarimiz o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi qayd etildi. 

 
Abu Bakir O‘rozov, O‘zA

Поделиться