O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Osiyo chempionati qizg‘in davom etmoqda

2017-04-05 | Sport

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha 8-18 yoshgacha o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining beshinchi tur bahslari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, mamlakatimiz shaxmat federatsiyasi va Osiyo shaxmat federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan nufuzli musobaqada qit’amizning yigirmaga yaqin davlatidan to‘rt yuzga yaqin shaxmatchi g‘oliblik uchun bahslashmoqda. 

Chempionatning sakkiz yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida hali biron marta mag‘lubiyatga uchramagan Alixon Avazxonov yetakchilar qatorida bormoqda. U besh partiyaning uchtasida g‘alaba qozonib, ikkitasida durang o‘ynagan va to‘rt ochko jamg‘argan. Kamron Karimov, Shahrombek Karimov va Xumoyun Begmurodov besh imkoniyatdan 3,5 ochkodan to‘plagan. Ushbu yoshdagi qizlar musobaqasida bir yo‘la ikki shaxmatchimiz peshqadamlik qilmoqda. Odina Olimova besh partiyaning barchasida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, 5 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi. Afro‘za Hamdamova esa besh imkoniyatdan 4,5 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinda bormoqda. 

O‘n yoshgacha o‘g‘il bolalar bahsida muvaffaqiyatli o‘ynayotgan Akobirxon Saydaliyev 3,5 ochko to‘plagan bo‘lsa, Islombek Sindorov, Umarxon Faxriddinxo‘jayev, Oqjo‘l Rahmatullayev, Sulton Tursunov va Davlat Mahmudjonov hisobida 3 ochkodan bor. Qizlar o‘rtasida Guldona Karimova besh imkoniyatdan 3,5 ochko jamg‘argan bo‘lsa, Ozoda To‘raboyevada 3 ochko bor. 

O‘n ikki yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Javohir Sindorov besh partiyaning to‘rttasida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, sovrinli o‘rinlarga asosiy da’vogarlardan bo‘lib turibdi. Hadiyatullo Muhamedov va Bobur Boboxo‘jayev 3,5 ochkodan jamg‘argan. Qizlar bahsida Umida Omonova 3,5 ochko, Maftuna Bobomurodova va Mohinur Habibullayeva 3 ochkodan to‘plagan. 

O‘n to‘rt yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Nodirbek Abdusattorov 4,5 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Musobaqada u BAA, Qozog‘iston, Eron va Mo‘g‘uliston vakillarini mag‘lub etib, hindistonlik shaxmatchi bilan durang o‘ynadi. Ali Qosimov, Sardor Boltayev, Mehriddin Yo‘ldoshev va Samandar Shermuhammadov 3 ochkodan jamg‘argan. Qizlar bahsida Yuliya Xegay va Sevinch Olimovada 3,5 ochkodan, Dilbar Hamroyeva, Iroda Ismoilova va Safinoza Jalilovada 3 ochkodan bor. 

O‘n olti yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Nodirbek Yoqubboyev, Saidakbar Saydaliyev va Shamsiddin Vohidov 4 ochko bilan kuchli uchlikda bormoqda. Nodirbek va Saidakbar besh partiyaning to‘rttasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Shamsiddin uchta g‘alaba va ikkita durang natija qayd etdi. Qizlar o‘rtasida besh imkoniyatdan Xolida Namozova va Marjona Malikova 3,5 ochkodan, Setora Safarova va Zebo Abdullayeva 3 ochkodan to‘plagan. 

O‘n sakkiz yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Armen Arutyunyan hisobida 3 ochko, Ortiq Nig‘matov, Georgiy Shvanov, Oqilbek Hamidov va Behzod Solijonov hisobida 2,5 ochkodan bor. Qizlar o‘rtasida Bahora Abdusattorova 4,5 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Gulruhbegim Tohirjonova, Mohim Orazmuhamedova 3,5 ochkodan, Nilufar Yoqubboyeva va Hilola Abdukarimova 3 ochkodan to‘plagan. 

Osiyo chempionati davom etmoqda. 

 
Bayram Aytmurodov, O‘zA

Поделиться