O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi «Noma’lum askar» yodgorligiga gul qo‘ydi

2017-04-05 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-aprel kuni Moskva shahridagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gul qo‘ydi.

Mazkur yodgorlik Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan Vatan himoyachilari xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan.  

Shavkat Mirziyoyev tinchlik, ozodlik yo‘lida jon fido qilgan vatanparvar insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.  

Ma’lumki, shu yilning 3-aprel kuni Sankt-Peterburg shahri metrosida terroristik harakati sodir etilib, insonlar halok bo‘ldi. Davlatimiz rahbari ular xotirasini yodga olib, shu yerdagi "Leningrad – qahramon shahar" yodgorligi poyiga gul qo‘ydi. 

Manba: O'zA

Поделиться