O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yo`llarda harakat cheklandi

2016-07-26

Toshkent shahar hokimligi,  Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi  2016 yilning  1 - avgust kuni poytaxtimizdagi oliy o'quv yurtlariga kirish uchun test sinovlari o'tkazilishi munosabati bilan  soat 06.00 dan to test sinovlari tadbiri tugaguniga qadar quyidagi ko'chalar bo'ylab barcha turdagi transport vositalari  harakati cheklanishini ma'lum qiladi:

Olmazor tumanida:

 - Universitet ko'chasi bo'ylab Forobiy ko'chasidan Talabalar ko'chasiga qadar;

         - Shifokor 1-tor ko'chasi bo'ylab Shifokor ko'chasidan TXAYga qadar;

           Mirzo Ulug'bek tumanida:

- Qori Niyoziy ko'chasi bo'ylab Niyozbek yo'li ko'chasidan Osiyo ko'chasiga qadar;

        Shayxontohur tumanida:

  • Paxtakor ko'chasi bo'ylab;

         Uchtepa tumanida:

- Reshetov ko'chasi bo'ylab Uyg'ur ko'chasidan B. Nosirov ko'chasiga qadar;

          Yakkasaroy tumanida:

-   Shohjahon ko'chasi bo'ylab Askiya ko'chasidan Imom-at-Termiziy ko'chasiga qadar;

         - Bratislava ko'chasi bo'ylab Shota Rustaveli ko'chasidan Yusuf Xos Hojib ko'chasiga qadar;

        - Yusuf Xos Hojib ko'chasi bo'ylab Bratislava ko'chasidan Bog'tepa ko'chasiga qadar;

          Mirobod tumanida:

  •  Shahrisabz ko'chasining Taras Shevchenko ko'chasidan Amir Temur shox ko'chasiga qadar.

Shuni ta'kidlash lozimki, test sinovlari bo'lib o'tadigan boshqa joylarda ham vaziyat taqozo etganda, transport harakati    vaqtincha cheklanishi mumkin.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться