O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
23-24 iyun kunlari Toshkent shahrining quyidagi ayrim ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanishi ko‘zda tutilgan
2016-06-23
Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining Toshkent Sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan 2016 yilning 23-24 iyun kunlari Toshkent shahrining quyidagi ayrim ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanishi ko‘zda tutilgan
-Qori Niyoziy ko‘chasining Niyozbek yo‘li ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
-Abdulla Qodiriy ko‘chasining Abay ko‘chasidan Movarounnahr ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
-Osiyo ko‘chasining Zulfiyaxonim ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
-Kichik halqa avtomobil yo‘lining Amir Temur shoh ko‘chasidan Ko‘rgazma ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
-Shastri ko‘chasining “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
-Yahyo G‘ulomov ko‘chasining “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasidan Oloy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
-Shaxrisabz ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasidan Istiqbol ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
-Amir Temur shoh ko‘chasining Osiyo ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
-Oloy ko‘chasining Yahyo G‘ulomov ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
-“O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining Yahyo G‘ulomov ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
-Taraqqiyot ko‘chasining kichik xalqa avtomobil yo‘lidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
-Istiqbol ko‘chasining Shahrisabz ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha bo‘lgan qismida;
-O‘zbekiston shoh ko‘chasining Taras Shevchenko ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
-Shohjahon ko‘chasining Askiya ko‘chasidan Bobur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
-Rakat ko‘chasining Askiya ko‘chasidan Bobur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
-O‘rikzor ko‘chasining Askiya ko‘chasidan Bobur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
Tadbir o‘tkaladigan kunlari Toshkent shahrining Nukus, Mustaqillik. Mirzo Ulug‘bek va Do‘rmon yo‘li ko‘chalari va ularga tutash ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanishi mumkin.
Yo‘l harakati qatnashchilaridan zarurat bo‘lmaganda ushbu ko‘chalardan shaxsiy transportlarida imkon qadar harakatlanmasliklarini va jamoat transportidan foydalanishlarini so‘raymiz.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masadida amalga oshirilayotgan cheklashlar uchun uzr so‘raymiz.
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi