O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
E'lon
2016-03-22
SOLIQ TO‘LOVCHI JISMONIY SHAXSLAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 189-moddasiga asosan jismoniy shaxslar 2015 yil davomida olgan:
mulkiy daromadlari, agar bu daromadlarga to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa,
fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlari;
asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan moddiy naf tarzidagi daromadlari;
ikki yoki undan ko‘p manbadan olingan daromadlari;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari hamda,
soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlari yuzasidan 2016 yilning 1 aprelidan kechiktirmasdan jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishlari lozim.
Jismoniy shaxslar jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga:
shaxsan tashrif buyurgan holda yoki ishonchli vakil orqali;
pochta xizmatidan foydalanib, buyurtma xat orqali;
Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy www.soliq.uz saytidagi «Elektron soliq deklaratsiyalari» interaktiv xizmatidan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etishlari mumkin.
Jismoniy shaxslar jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 174-moddasi 3-qismiga asosan jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shunday ekan soliq deklaratsiyalarini 1 apreldan kechiktirmay topshirishni unutmang!