O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
E'lon
2016-03-03
AT «Aloqabank» Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2016 yil 4 mart kuni, soat 9:00 da, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank» binosining majlislar zalida (3-qavat) o'tkazilishini ma'lum qiladi.
YIG'ILISH KUN TARTIBI:
1. AT «Aloqabank» aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Bankka affillangan shaxs “Oz’bektelekom” AK bilan tuziladigan bitimni ma’qullash to’g’risida.
3. Bankka affillangan shaxs “Oz’bektelekom” AK bilan tuziladigan bitimni oldindan ma’qullash to’g’risida.
AT «Aloqabank» Kengashining 2016 yil 22 fevraldagi yig’ilishi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlar ro’yxati 2016 yil 29 fevral kuni holatiga hamda umumiy yig’ilish o’tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro’yxati 2016 yil 22 fevral kuni holatiga tuziladi.
Bank aksiyadorlarini va majlis qatnashchilarini ro’yxatga olish 2016 yil 4 mart kuni soat 8:00 dan 8:50 gacha davom etadi.
Aksiyadorlar o'zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o'rnatilgan tartibda notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so'raladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi ma'lumotlari bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank»da tanishishingiz mumkin.
Bankning elektron pochta manzili: info@aloqabank.uz
Ma'lumot uchun telefonlar: 232-83-67, 233-47-29.