O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hay’at yig‘ilishi

2016-01-27

Joriy yilning 29 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Yig‘ilish kun tartibidan, rejaga asosan, bir qator masalalar o‘rin olgan.

Xususan, Hay’at yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga qaratilgan farmon va qarorlari talablarining ijrosi muhokama qilinadi.

Shu bilan birga yig‘ilishda 2015 yil "Keksalarni e’zozlash yili" Davlat dasturi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasidan kelib chiqqan holda 2016 yilda tizimga doir amalga oshiriladigan istiqbolli reja va chora-tadbirlar, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2013-2015 yillar uchun tuzilgan ikki tomonlama Tarmoq kelishuvining bajarilish yakuni to‘g‘risida va boshqa bir qator qo‘shimcha masalalar bo‘yicha ma’ruzalar tinglanadi.

Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar bo‘yicha ma’ruzalar tinglab bo‘lingach, mazkur masalalar yuzasidan vazirlik Hay’atining tegishli qarorlari qabul qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

Поделиться