O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Vatan manzumasi” nomli adabiy-ma’rifiy kecha
2023-01-24
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-yanvardagi yig‘ilish bayoniga muvofiq, joriy yilning 26-yanvar kuni soat 15.00 da “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Vatan manzumasi” nomli adabiy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tadi.
Unda taniqli madaniyat namoyandalari, san’atkorlar, estrada xonandalari, teatr, kino va ijodiy jamoalar qatnashadi. Ushbu adabiy-ma’rifiy kechada Vatanni madh etuvchi ijod namunalari yangraydi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi