O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o‘tkaziladi
2022-08-31
Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror matni O‘zAda e’lon qilindi.
Qarorda ta’kidlanishicha, xalqning ulkan jasorati va matonati bilan 1991-yil 31-avgustda qo‘lga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi ko‘p ming yillik tarixdagi hech qachon unutilmaydigan, qadr-qimmati va ahamiyatli yillar, asrlar o‘tgani sayin tobora ortib boradigan buyuk tarixiy voqeadir.
“Aynan milliy mustaqillik el-yurt uchun jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish, shu jumladan, hayotning turli soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratib, erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbasi bo‘lib kelmoqda.
Ayniqsa, so‘nggi yillarda, dunyoda koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqiroz, keskin raqobat, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar tufayli yuzaga kelgan g‘oyat og‘ir va murakkab vaziyatda mard va olijanob xalqimizning fidokorona mehnati bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish va uni jahonga tarannum qilish bo‘yicha muhim natijalarni qo‘lga kiritayotganimiz, bu yutuqlar xalqaro jamoatchilik tomonidan e’tirof etilayotgani, eng asosiysi, vatandoshlarimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarib, ular islohotlar samarasini kundalik hayotida his qilib yashayotganini alohida ta’kidlash zarur.
2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha’ni va g‘ururini yetakchi o‘ringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylangan hozirgi vaqtda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning hududiy yaxlitligi va bo‘linmasligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish ko‘p millatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib bormoqda”, – deyiladi qonun matnida.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligini munosib kutib olish va ushbu qutlug‘ sanani yuksak darajada nishonlash maqsadida:
Respublika komissiyasi (A.Aripov):
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar bo‘yicha yuksak mahorat va tajribaga ega bo‘lgan ssenarist va rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh ijrochilar, maqom va baxshichilik san’ati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin
Joylarda Mustaqillik bayramini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi: