O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
E’lon
2020-01-06
O‘zR FA Yadro fizikasi instituti ilmiy bo‘lim va laboratoriyalarga mudir lavozimiga tanlov e’lon qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti quyidagi ilmiy bo‘lim va laboratoriyalarga mudir lavozimiga tanlov e’lon qiladi:
1. Nazariy yadro fizikasi laboratoriyasi, 01.04.02 (nazariy fizika) va 01.04.08 (atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika) ixtisosliklari bo‘yicha;
2. Ko‘p zarrali tizimlar fizikasi laboratoriyasi, 01.04.02 (nazariy fizika) va 01.04.08 (atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika) ixtisosliklari bo‘yicha;
3. Yadro reaktorlari fizikasi laboratoriyasi, 01.04.08 (atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika) ixtisosligi bo‘yicha;
4. Yadroviy tibbiyot laboratoriyasi, 01.04.08 (atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika) va 01.04.01 (eksperimental fizika asboblari va usullari) ixtisosliklari bo‘yicha;
5. Yadroviy tahlil laboratoryasi, 01.04.08 (atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika) va 01.04.01 (eksperimental fizika asboblari va usullari) ixtisosliklari bo‘yicha;
6. Radiokimyo laboratoriyasi, 01.04.08 (atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika) va 01.04.01 (eksperimental fizika asboblari va usullari) ixtisosliklari bo‘yicha;
7. Yadro energetikasi va yadroviy texnologiyalar bo‘limi, 01.04.08 (atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika) va 01.04.01 (eksperimental fizika asboblari va usullari) ixtisosliklari bo‘yicha;
8. Optik hodisalar radiatsiyaviy fizikasi laboratoriyasi, 01.04.07 (kondensirlangan holat fizikasi) ixtisosligi bo‘yicha;
9. Qattiq jismlar elektornikasi radiatsiyaviy fizikasi va texnikasi laboratoriyasi, 01.04.07 (kondensirlangan holat fizikasi) ixtisosligi bo‘yicha;
10. Qattiq jismlarda strukturaviy o‘zgarishlar laboratoriyasi, 01.04.07 (kondensirlangan holat fizikasi) ixtisosligi bo‘yicha;
11. Nanostrukturali va o‘ta-o‘tkazuvchanlik materiallar fizikasi laboratoriyasi, 01.04.07 (kondensirlangan holat fizikasi) ixtisosligi bo‘yicha;
12. Eksperimental yadro fizikasi laboratoriyasi, 01.04.08 (atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika) ixtisosligi bo‘yicha;
13. Sohalararo texnologiyalar laboratoriyasi 01.04.08 (atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika) va 01.04.01 (eksperimental fizika asboblari va usullari) ixtisosliklari bo‘yicha;
14. Ekologiya va biotexnologiyalar laboratoriyasi, 01.04.08 (atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika) va 01.04.01 (eksperimental fizika asboblari va usullari) ixtisosliklari bo‘yicha;
Nomzodlarga talablar: fan dotori (DSc) yoki falsafa doktori (PhD) (fan namzodi) ilmiy darajasining borligi; ilmiy loyihalarga rahbarlik qilganlik tajribasi; oxirgi 2 yilda chop etgan maqolalari/patentlari, xalqaro kollaboratsiyalarda qatnashganligi.
Hujjatlar e’lon chiqqan kundan boshlab 10 kungacha muddatda qabul qilinadi.
Tanlov kuni: 2020-yil 17-yanvar.
Ariza va hujjatlarni (ma’lumotnoma, pasport va diplomlar nusxasi, ilmiy ishlar ro‘yxati, rezume) quyidagi manzilga yuboring:
Manzil: 100214, Toshkent sh., Ulug’bek qo‘rg‘oni, u. G‘ulomov–1, O‘zR FA Yadro fizikasi instituti.
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 71 289-35-63 (Ilmiy kotib - Turdaliyev Kamil Tabarakovich).
Hujjatlar elektron nusxalarini turdaliev@inp.uz eletron pochtaga yuboring.