O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasidan yangi yil aksiyasi

2019-12-28

MDH davlatlarida bo‘lib o‘tadigan tadbir va ko‘rgazmada ishtirok etishni xohlaysiz, ammo bunga imkon yo‘qmi? Savdo-sanoat palatasi bilan bu juda ham oson!

Aksiya shartlari oddiy!

1. Savdo-sanoat palatasining Facebook ijtimoiy sahifasiga a'zo bo‘ling va "like" bosing;

2 O‘z rasmingizni #SSPbilanbirga xashtegi ostida Facebook sahifangizga joylang va postingizda SSPning rasmiy sahifasini va uchta xamkoringizni belgilang;

3. Telegram kanalimizga a'zo bo‘ling.

Aksiya g‘oliblariga Savdo-sanoat palatasi tomonidan quyidagi imkoniyatlar sovg‘a sifatida taqdim etiladi  

1-o‘rin sohibi 2020 yilda MDH davlatlarining birida Savdo-sanoat palatasi ishtirokida o‘tkaziladigan tadbir va yarmarkada bepul ishtirok etadi (9kv.m.ga ega bo‘lgan stend maydoni va aviachipta Palata tomonidan qoplanadi)

2-o‘rin sohibiga 2020 yilda MDH davlatlarining birida Savdo-sanoat palatasi ishtirokida o‘tkaziladigan tadbir va yarmarkada imtiyozli ishtirok etish imkoniyati beriladi (9 kv.m.ga ega bo‘lgan stend maydoni bepul taqdim etiladi)

3-o‘rin sohibi Savdo-sanoat palatasining qimmatbaho sovg‘asiga ega bo‘ladi.

Ushbu Aksiya 5-yanvar soat 14:00 gacha o‘tkaziladi, g‘oliblar 6-yanvar' kuni "Random raqamlar generatori" tizimi orqali aniqlanadi.

 Aksiyada faol ishtirok etib sovg‘alarni qo‘lga kiriting!!!

Поделиться