O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Investor: Oʼzbekiston tomon nazar" xalqaro konferentsiyasi

2019-09-17

Joriy yilning 26-sentabr kuni Profi Training biznes maktabi va Innovatsion rivojlanish vazirligi koʼmagida «Investor: Oʼzbekiston tomon nazar» konferentsiyasi boʼlib oʼtadi. Konferentsiyada ishtirok etish uchun startapchilar, biznes vakillari, tadbirkorlar, moliyachilar, iqtisodchilar, buxgalterlar, yuristlar, auditorlar va soliq maslahatchilarini taklif etamiz.

Tadbir spikerlari:

Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qozogʼistonning АSSА (Sertifikatlangan Buxgalterlar Uyushmasi) vakillari;

Startaplar sohasidagi ekspertlar (Dubay, Аvstraliya), Markaziy Osiyo iqtisodiy forum (Qozogʼiston) va Profi Training biznes-maktabi ekspertlari.

Tadbir Oʼzbekistonga investitsiyalarni koʼpaytirishda, mutaxassislarning moliyaviy savodxonligini oshirish, respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishda yordam beradi.

Tadbir dasturi:

konvertatsiya ostonasida xorijiy investitsiyalar;

xalqaro ekspertlardan jahon amaliyoti misollari;

moliya tizimi: ochilayotgan chegaralar;

buxgalterlar va moliyachilar — 2020-yilning eng mashhur kasblari.

Konferentsiyaning maqsadi inson kapitalini rivojlantirish, biznes sohasidagi savodxonlikni oshirish va xalqaro ishtirokchilar bilan hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Konferentsiyada ishtirok etgan tinglovchilar startapni ishga tushirish va kengaytirish, xorijiy investorlarni jalb qilish va ularni qanday kafolatlar kutayotgani, xususiylashtirish vaqtida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan vaziyatlarga tayyor turish, kelgusi besh yil mobaynida biznes istiqbollarini anglash imkonini beradi.

Oʼtkazish joyi: “Xalqlar doʼstligi” saroyi

Oʼtkazish sanasi va vaqti: 26-sentabr, 9:00-18:00

Tashkilotchi: Profi Training biznes-maktabi va Innovatsion rivojlanish vazirligi

Konferentsiyada ishtirok etish uchun roʼyxatdan oʼtish lozim.

Chiptalarni sotib olish uchun havolaga oʼting.

Sayt: uztraining.uz

Telegram: t.me/profi_training

Поделиться