O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!
2019-07-09
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyulda “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan xalqimizning asriy orzusi bo‘lgan, Vatanimizning necha ming yillik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, mamlakatimizni xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a'zosiga aylantirgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish hamda “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarni atroflicha yoritib borish maqsadida Hukumat Portalida alohida sahifa ishga tushdi.