O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Seminar

2019-05-23

"Davlat-xususiy sherikchilikni asosiy maqsadlari, hujjatlarini tayyorlash va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish" mavzusida bo‘lib o‘tadigan seminarga taklif etamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.12.2018 yildagi 1009-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 9-bandi d) bandostiga ko‘ra, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi seminarlar, sessiyalar, taqdimotlar, davra suhbatlarini tashkil qiladi hamda ularda ishtirok etadi, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik masalalarida davlat sheriklari mutaxassislarining malakasini, jumladan, xorijda oshirishni tashkil etishga ko‘maklashadi deb belgilangan.
 
Shu munosabat bilan, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda
 
"Davlat-xususiy sherikchilikni asosiy maqsadlari, hujjatlarini tayyorlash va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish" mavzusida seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
 
Mazkur seminar joriy yilning  24 may kuni 10:00 da O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi binosida bo‘lib o‘tadi.
 
Qatnashish uchun talab: onlayn ro‘yhatdan o‘tish https://docs.google.com 
 
Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun +998909298635,+998972742427 va 78 150-60-06 telefon raqamlariga murojaat etishingiz mumkin.

Поделиться