O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

E'lon

2019-05-07

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va BMT Taraqqiyot Dasturi/Global Ekologik Jamg‘armasi o‘rtasidagi «Global ahamiyatga ega bo‘lgan bioxilmaxillikni muhofaza qilish maqsadida muhim tog‘li hududlarda o‘rmonlardan va tabiat resurslaridan barqaror foydalanish va boshqarish» hamkorlik loyihasi qor qoplonining Ugom-Chotqol va Xissor landshaftlarida* yashovchi va faoliyat ko‘rsatuvchi shaxslarni Mikrograntlar Dasturida ishtirok etishga taklif etadi.  

Qabul qilinadigan talabnomalar yuqori tog‘ tabiiy o‘rmon va yaylovlarga me'yoridan ko‘p foydalanishni kamaytirish maqsadida yaylovlarni tiklash, o‘rmonchilik va barqaror chorvachilikni rivojlantirish, hamda tabiatdan oqilona foydalanishga qaratilgan bo‘lishlari lozim.
 
Loyiha talabnomasini tayyorlash uchun saytidan quyidagi hujjatlarni yuklab olish zarur:
 
loyiha talabnomasi haqida qisqacha ma'lumot;
moliyalashtirishni olish uchun talabnoma shakli;
boshqa zaruriy hujjatlar ro‘yxati.
To‘ldirilgan ma'lumotlarni 2019 yil 20 apreldan 20 maygacha biodiversity.uzmicrogrants@undp.org  elektron manzilga yuboriladi.  
 
Talabnomani qabul qilish shartlari va talablari bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining saytida tanishish yoki  +99893 501 65 90 telefon raqamiga murojaat qilish orqali bilishingiz mukin.
 
*Qor qoplonining Ugom-Chotqol landshafti xududlariga Toshkent viloyati, Xisor landshaftiga Qashqadaryo va Surhondaryo viloyatlarining tog‘li hududlari qaraydi.

Поделиться