O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Saudiya Arabistoni tadbirkorlari bilan biznes uchrashuvi

2019-04-01

Saudiya Arabistoni tadbirkorlari bilan bo'lib o'tadigan biznes uchrashuviga taklif etamiz!

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasida o'zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida 2019 yil 3 aprel kuni “Miran International” mehmonxonasida Saudiya Arabistoni tadbirkorlarining qurilish mahsulotlari, axborot texnologiyalari, savdo-sotiq, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa mahsulotlarni ishlab chikaruvchilar hamda investorlar bilan biznes uchrashuvi tashkil kilinmoqda.

Ushbu biznes uchrashuvda 25 dan ortiq Saudiya Arabistoni kompaniyalarini ishtiroki rejalashtirilgan.

Mazkur biznes uchrashuvda ishtirok etish istagida bo'lgan mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari to'g'risidagi ma'lumotlarni (korxona nomi, ishtirokchi F.I.SH., aloqa uchun telefon raqam) 2019 yil 1 apreliga qadar Palataning Eksportga ko'maklashish boshqarmasi sh.boriykhon@chamber.uz elektron manziliga takdim etishingizni so'raymiz.

Поделиться