O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Boʻsh (vakant) notarius lavozimlariga tanlov

2018-12-18

21 va 22 dekabr kunlari boʻsh (vakant) notarius lavozimlariga tanlov oʻtkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2018 yilning 21 dekabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Navoiy va Sirdaryo viloyatlaridagi, 22 dekabr kuni esa Andijon va Samarqand viloyatlardagi boʻsh (vakant) notarius lavozimlariga tanlov oʻtkaziladi. Tanlov jarayonlarini soat 10-00 dan boshlab toʻgʻridan-toʻgʻri internet tarmogʻida Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti www.minjust.uz hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Поделиться