O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion tadqiqotlar milliy tanlovida ishtirok eting!

2018-07-16

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, BMTning Taraqqiyot dasturi, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti tomonidan Innovatsion tadqiqotlar milliy tanlovi e’lon qilinmoqda.

Tanlov 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlarida belgilangan asosiy vazifalarning amalga oshirilishiga xizmat qiluvchi innovatsion yechimga ega tadqiqot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi.

Taqdim etilgan ishlar jamiyatdagi mavjud muammoni innovatsion uslublardan foydalangan holda hal etishning amaliy yechimini taklif etishi lozim. Saralash jarayonida tanlov ekspertlar kengashi qo‘yilayotgan masalaning dolzarbligi, aniqligi, zamonaviy ilmiy metodologiyadan foydalanganligi, tadqiqotchining tajribasi kabi mezonlar asosida baholaydi.

Tanlovning 15 nafar g‘olibiga (har bir yo‘nalish bo‘yicha kamida 3 tadan) o‘z loyihalarini hayotga tadbiq etishlari uchun 20 million so‘mgacha bo‘lgan grant mablag‘lari taqdim etiladi. Shuningdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va BMTning bosma va elektron manbalarida ilmiy maqolalar chop etish, shu yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan ilmiy anjumanda ishtirok etish kabi imkoniyatlarni qo‘lga kiritadilar.

Arizalar tadqiqotchi yoki tadqiqotchilar guruhlari (3 nafargacha) tomonidan 2018 yilning 15 iyulidan 15 avgustiga qadar research.strategy.uz veb-sayti orqali quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn qabul qilinadi:

  • Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish;
  • Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
  • Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish;
  • Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
  • Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat.

Tanlovda ishtirok etishi uchun yosh chegarasi belgilanmagan.

Поделиться