O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bandlikni hal etish tizimi bo‘yicha ko‘nikmalarni testdan o‘tkazish
2018-07-11
Tashqi mehnat migratsiyasi Agentligi koreys tili bo‘yicha testdan muvaffaqiyatli o‘tgan va Koreyaga chiqishni istagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari malakasini testdan o‘tkazishni e’lon qildi.
O‘tkazilish joyi:
1) Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (Toshkent sh., Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi,
2) O‘zbekistondagi Koreya Respublikasi Elchixonasi huzuridagi o‘quv markazi binosi, Bandlikni hal etish tizim markazi, Koreyaning inson resurslarini rivojlantirish xizmati (Toshkent sh., Mirobod tumani, Tolimarjon ko‘chasi) (Ushbu manzil bo‘yicha testlar 2018 yil 6 avgustida boshlanadi)
3) Kompleks testdan o‘tkazish markazi (Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli ko‘chasi, 138)
Testni o‘tkazish davri – 2018 yil 20 iyuldan 28 avgustgacha.
Javoblar Koreya inson resurslarini rivojlantirish xizmatidan rasmiy xat olingach, ma’lum qilinadi.