O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya
2018-03-26
2018 yil 28-29 mart kunlari “O’zstandart” agentligi tomonidan «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida“O’zbekistonning eksport salohiyatini oshirish. Sifat infratuzilmasi va mahsulotlarni halqaro standartlarga muvofiqligini baholash” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya tashkil qilinadi.
Konferentsiyaga Xalqaro moliya korporatsiyasi, BMT taraqqiyot dasturi, Germaniya fizika-texnika instituti, Turk standartlari instituti, GLOBAL G.A.P kotibiyati, Halqaro savdo markazi, BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti, Germaniya halqaro xamkorlik jamiyati tashkilotlarining xalqaro ekspertlari va boshqa mutaxassislar taklif etilgan.
Xalqaro konferentsiya yaqindan fikr almashishga, mahalliy sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni barqaror va izchil rivojlantirish, eksportni kengaytirish uchun aniq chora-tadbirlar va yo‘l xaritalari ishlab chiqish, mahsulotlarning sifatini yaxshilashga qaratilgan vazifalarni hal qilish va o‘zbek tadbirkorlarnini tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lishga yordam berish uchun zarur bilimlarga ega bo‘lishga yordam beradi.
Xalqaro konferentsiyaning kun tartibi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Barchani ushbu konferentsiyada ishtirok etishga taklif etamiz. Qo‘shimcha ma’lumotlarni 202-00-11 (1081) telefoni orqali olish mumkin.