O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nemiszabon sayyohlar uchun yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohatnoma

2017-08-04

Yaqinda Germaniyaning «WOSTOK» nashriyoti mamlakatimiz mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab sayyohlar uchun mo‘ljallangan «O‘zbekiston–Sharq va G‘arb o‘rtasidagi mamlakat» nomli rang-barang suratlar bilan bezatilgan sayohatnomani chop etdi.

Ikki yuzdan ziyod sahifaga ega mazkur kitob-ma’lumotnoma 24 bo‘limdan iborat bo‘lib, unda O‘zbekiston tarixi, madaniyati va sayyohlik salohiyati, mamlakatimizning mustaqillik yillari davomida erishgan muvaffaqiyatlari hamda bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqidagi atroflicha ma’lumotlar qalamga olingan.

Mazkur nashrda, hususan, juda ajoyib tarzda saqlanib, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan o‘zbek xalqining ko‘p asrlik urf-odat va an’analari ham o‘quvchilar e’tiboriga havola qilingan.

Risolada Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa azim shaharlardagi me’moriy yodgorliklar, amaliy san’atimizning betakror hamda go‘zal namunalarini o‘zida aks etayotgan qator fotosuratlar jamlanmasi bilan birga jahon tamadduniga munosib hissa qo‘shgan o‘zbek xalqining buyuk ajdodlari haqida ham so‘z yuritilgan.

Mazkur kitobdan, shuningdek, sayyohlar uchun turli sayohat yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan xaritalar ham o‘rin olgan.

Nashr mualliflari O‘zbekistonning har bir vohasi, shu jumladan, ko‘hna shaharlarimizning betakrorligini alohida qayd etgan holda ulkan sayyohlik salohiyat, noyob meroslar hamda ajoyib xalq ijodiyoti va pazandalik san’atiga ega Farg‘ona vodiysi, Qashqadaryo, Surxondaryo hamda Qoraqalpog‘istonga safar qilishni tavsiya etadi.

Bir so‘z bilan aytganda, yangi sayohatnoma mamlakatimiz haqidagi foydali ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

Bu esa ko‘pmillatli va turli dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolarga ega o‘zbek jamiyatining o‘ziga xos madaniyati hamda mamlakatimizning zamonaviy taraqqiyoti va sayyohlik sohasidagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Поделиться