O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha navbatdagi test sinovi
2015-12-25
Hurmatli talabgorlar!
Chet tilini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi malaka sertifikati olish uchun navbatdagi test sinovi 2016 yil 2-3 fevralda Davlat test markazida o‘tkaziladi. Arizalar joriy yil 28 dekabrdan boshlab qabul qilinadi.
Arizalarni oxirgi qabul qilish kuni - 2016 yil 25 yanvar.
Test sinovining yozma qismi 2 fevralda, og‘zaki qismi 3 fevralda o‘tkaziladi.