O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Eng yaxshi yosh ishchi kasb egasi” tanlovi

2017-04-25

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati va bir qator tashkilotlar hamkorligida ishchi mutaxassislar, o‘quvchi-yoshlarning kasbiy mahoratini oshirishga keng imkoniyat yaratish, ularning qobiliyatlilarini aniqlash va rag‘batlantirishga qaratilgan «Eng yaxshi yosh ishchi kasb egasi» tanlovi o‘tkaziladi.

«Qishloq xo‘jaligi mashinalariga xizmat ko‘rsatish mexanigi», «Kompyuter injiniringi texnigi», «Dasturiy injiniringi texnigi», «Payvandlash ishlari texnigi», «Avtomobillarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mexanik», «Umumqurilish ishlari ustasi», «Qurilish-pardozlash ishlari ustasi», «Oshpaz», «Sartaroshlik va dekorativ kosmetika ustasi», «Milliy va badiiy liboslar modelyeri» nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etish uchun 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan ishchi mutaxassislar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari taklif etiladi. 

Tanlovda qatnashish uchun tanlov nominatsiyasi nomi ko‘rsatilgan holda talabgor o‘zi istiqomat qiladigan tuman (shahar) kasaba uyushmasi kengashiga (qabul komissiyalari) tegishli hujjatlarni joriy yilning 30-apreliga qadar taqdim qiladi. 

Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari hujjatlarni o‘z o‘quv muassasasi qoshidagi komissiyaga topshirishi tavsiya etiladi. 

Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining esdalik sovg‘a hamda diplomlari bilan taqdirlanadi. 

Tanlov uch bosqichda, ya’ni tuman (shahar)larda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hamda respublika tarmoqlari miqyosida o‘tkaziladi. 

Tanlov to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlar bilan Kasaba uyushmalari federatsiyasining internet tarmog‘idagi www.kasaba.uz portali orqali tanishishingiz mumkin. 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Kasaba uyushmalari federatsiyasidagi (+998 71) 252-21-19, 256-76-57, 256-48-81 telefon raqamlariga murojaat qiling.

Поделиться