O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ommaviy axborot vositalari vakillari diqqatiga!
2017-01-05
2017 yilning 6 yanvarь kuni soat 15:00 da Toshkent shahar hokimligida “Toshkent shahrida ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari bo'yicha davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar” mavzusiga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkaziladi.
Unda shahar hokimining o'rinbosarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etadi. Bu borada yaqindagina qabul qilingan qo'shma qaror mazmun-mohiyatini keng ommaga etkazish maqsadida tashkil qilinayotgan mazkur tadbirga yurtimizda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif qilamiz.