O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar
22.05.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar 2017 yil 22 maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5050-son qaroriga muvofiq Bakirov Nizomiddin Jalilovich O’zbekiston Respublikasi O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. |
19.05.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar 2017-yil 19-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 300-son qaroriga muvofiq Sanginov Abdug‘ani Abduraxmonovich “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi lavozimiga tasdiqlandi. |
12.05.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar 2017-yil 12-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 280-son qaroriga muvofiq Fattaxov Abduvoris Abdumalikovich O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig’i lavozimiga tayinlandi. |
05.05.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar 2017-yil 05-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5038-son farmoniga muvofiq Qo‘chqorov Bahrom To‘lqinovich O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi, shu munosabat bilan siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Yuridik xizmat boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. |
14.04.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar 2017 yil 12 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 204-son qaroriga muvofiq Baxrom Qurbonovich Sharipov - “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi boshqaruvining raisi lavozimiga tasdiqlandi. |
14.04.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar 2017 yil 12 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 202-son qaroriga muvofiq Alimov Navruzjon Raimdjanovich - «O‘zagroeksportbank» aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv Raisi lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy milliy banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. |
14.04.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar 2017 yil 8 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 195-son qaroriga muvofiq Mullajanov Kaxramon Kadirovich "Asaka" aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv Raisi lavozimiga tayinlandi. |
14.04.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar 2017 yil 13 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2890-son qaroriga muvofiq Boltabayev Maxmudjon Rustamovich O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlandi. |
14.04.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar 2017 yil 13 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2889-son qaroriga muvofiq Yusupaliyev Baxodir Kaxramonovich O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. |
14.04.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar 2017 yil 13 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2888-son qaroriga muvofiq Abduxakim Xadjibayev O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. |