O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

Ko‘chimov Abdisait O‘zbekiston Milliy axborot agentligining bosh direktori lavozimiga tayinlandi

09.08.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-avgustdagi 607-son qaroriga muvofiq Ko‘chimov Abdusait O‘zbekiston Milliy axborot agentligining bosh direktori lavozimiga tayinlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabat bilan Xazratkul Mamatkulov ushbu lavozimdan ozod etildi.

Abduxamid Utkurovich Karimov O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlandi

09.08.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3181-son qaroriga muvofiq Abduxamid Utkurovich Karimov O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori lavozimiga tasdiqlandi.

Aktam Ahmadovich Xaitov O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga tayinlandi

09.08.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PF-5141-son farmoniga muvofiq Aktam Ahmadovich XaitovO‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga tasdiqlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori lavozimidan ozod etildi.

Vafayev Shuxrat Abdusharifovich O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimiga tayinlandi

08.08.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-avgustdagi 603-son qaroriga muvofiq Vafayev Shuxrat Abdusharifovich O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimiga.

Abduxakimov Aziz Abdukaxarovich O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi

08.08.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi PF-5138-son farmoniga muvofiq Abduxakimov Aziz Abdukaxarovich O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimidan ozod etildi.

Sharapov Anvar Kurbanovich O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi

08.08.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi PF-5137-son farmoniga muvofiq Sharapov Anvar Kurbanovich O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.

Tulyaganov Shavkat Abidjanovich - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish bo’yicha Davlat maslahatchisining birinchi o’rinbosari lavozimiga tayinlandi

07.08.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlarManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

2017-yil 07-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5135-son farmoniga muvofiq Tulyaganov Shavkat Abidjanovich - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish bo’yicha Davlat maslahatchisining birinchi o’rinbosari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri o’rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Xodjayev Saidkamol Saidkarimovich "Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvining raisi lavozimiga tayinlandi

03.08.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-avgustdagi 582-son qaroriga muvofiq Xodjayev Saidkamol Saidkarimovich "Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvining raisi lavozimiga tayinlandi.

Alixonov Botir Botirovich O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi

02.08.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-avgustdagi 574-son qaroriga muvofiq Alixonov Botir Botirovich O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining raisining  birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Sadikov Shuxrat Muxamadjanovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining direktori lavozimiga tayinlandi

01.08.2017Hukumat tarkibidagi o'zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 avgustdagi PF-5127 sonli farmoniga muvofiq Sadikov Shuxrat Muxamadjanovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining direktori lavozimiga tayinlandi.