O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

II-Toshkent xalqaro investitsiya forumi

2023-04-27

Joriy yilning 27-28-aprel kunlari Congress Hall Tashkent Cityda II-Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF-2023) bo‘lib o‘tadi.

Birinchi TIIF dunyoning 56 mamlakatidan 2000 dan ortiq ishtirokchilar - yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlarni birlashtirgan yirik xalqaro tadbirga aylandi.

TIIF-2023 qatnashchilarining soni yanada oshishi kutilmoqda, uning davomida Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning investitsiyaviy salohiyatini atroflicha ochib berishga qaratilgan yalpi majlis, ekspertlarning 30 dan ortiq qizgʻin bahs-munozaralari, panel munozaralari, davra suhbatlari va b2b muzokaralari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda ishtirok etish uchun www.iift.uz saytida 2023-yil 20-aprelgacha onlayn roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться