O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi

2022-11-14

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Raqamli transformatsiya markazi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni joriy yilning 14-18-noyabr kunlari  “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar markazida o‘tkaziladigan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga taklif etadi. Yarmarka respublikaning yirik sanoat tashkilotlari bilan mahalliy sanoat korxonalari o‘rtasida ishlab chiqarish kooperatsiyasini yanada kengaytirishga qaratilgan. 

Mazkur yarmarkada import bo‘yicha yirik tarmoq korxonalari tomonidan xarid qilingan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarning namoyishi ham tashkil etiladi. Bu, o‘z navbatida, mahalliy sanoat korxonalari uchun import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga o‘z faoliyat sohasini yanada kengaytirish, raqobatbardosh sanoat mahsulotlari nomenklaturasini oshirish uchun yangi biznes-g‘oyalarni shakllantirish imkonini beradi.

Yarmarkada ishtirok etish uchun ONLAYN ARIZA https://cooperation.uz/exhibition/signup to'ldiring.

Murojaat uchun telefonlar: 71 210 01 16, 71 210 01 15, 99 301 50 75,  33 713 67 79

Manzil:  “O‘zekspomarkaz” Toshkent, Yunusobod tumani, A. Temur shoh ko‘chasi, 107

Поделиться